Qum

Qum — Erondagi shahar. Tehron shahridan Janubi-Sharqda. Qum ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 777,6 ming kishi (1997). Transport yo’llari chorrahasi. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qo’lda gilam to’qiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 5-asrda sosoniylar podshohi Qubod 1 asos solgan. Abbosiylar davri (8-asrning 2-yarmi) da Qum yirik shaharga aylangan. Me’moriy yodgorliklardan jome masjidi (11 — 12-asrlar), shialar imomi Muso al-Kozim qizi Fotima maqbarasi (16-asr) saqlangan. Qum shialarning Mashhaddan keyin Erondagi muqaddas shahri.