Quvayt

Rasmiy nomi — Quvayt Davlati. Poytaxti — Al Quvayt. Hududi — 17818 km.kv. Aholisi — 2,7 mlndan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — quvayt dinori. Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyo qit’asining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Janubda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi — 222 km), shimolda va shimoli g‘arbda Iroq (242 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 499 km. Hududining katta qismi cho‘lli pasttekisliklar- dan iborat. Asosiy tabiiy resurslari: neft, tabiiy gaz. Iqlimi — yilning katta qismida issiq havo hukmronlik qiladi.   Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibi — 5 ta gubematorlikdan iborat. Quvayt 1961-yil 19-iyunda Buyuk Britaniyadan mustaqillikni qoiga kiritgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun. Davlat boshlig‘i — amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat- ni amir va bir palatali parlament — Milliy Majlis amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari yo‘q.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya. Temiryo’llari yo’q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 4270 km. Muhim portlari: Mina-Saud, Mina-Abdulloh, Mina-al-Ahmadi.  Tarixi. VII asrdan Quvayt arab xalifaligi tarkibiga, XVI asrdan boshlab Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1756-yilda avtonomiya maqomini olgan Quvayt amirligi 1899-yil Britaniya protektoratiga aylandi. 1961-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1990-yil mamlakat Iroq tomonidan bosib olinadi va Iroqning 19-provinsiyasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan ittifoqchilar qo‘shinlari Quvaytni ozod qilish harakatini boshlaydi va bu harakat fevralda muvaffaqiyatli yakunlanadi.