«Ra»

«Ra» (qadimgi misrliklarning quyosh xudosi nomidan) — papirusdan yasalgan qayiq. Qadimgi misrliklar kemasi nusxasiga ko’ra qurilgan (uzunligi 12 metr, kengligi 5 metr). «Ra»da T. Xeyerdal 7 kishidan iborat baynalmilal ekipaj bilan birga qadimgi misrliklarni Amerikaga suzib borishlari mumkinligini isbotlash maqsadida ekspeditsiya uyushtirgan. 1-urinish (1969) muvaffaqiyatsiz tugagan. 1970 yil «Ra — 2» safi (Marokash)dan chiqib, 55 sutkada Barbados orolga yetib borgan. «Ra» ekipaji tarkibida Yu. A. Senkevich (SSSR) ham bo’lgan.