Radiatsiya balansi, qoldiq radiatsiya
Radiatsiya balansi, qoldiq radiatsiya — Yer yuzasiga tushadigan yalpi quyosh radiatsiyasidan shu yuza tarqatgan effektiv nurlanishning ayirmasi. Radiatsiya balansi yer yuzasi issiqlik balansining muhim ko`rsatkichi bo`lib, kal/s.kv da ifodalanadi. Radiatsiya balansi daqiqa, oy va yil uchun hisoblab chiqarilishi mumkin. MDH hududida yillik radiatsiya balansi shimolda 10 kal/sm.kv dan janubda 50- 52 kal/sm.kv gacha. Radiatsiya balansi odatda kechasi va qishda manfiy, kunduzi va yozda musbat bo`ladi.