Radioaktiv elementlar
Radioaktiv elementlar — barcha izotoplari radioaktiv bo’lgan kimyoviy elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib rakami 83 (vismut)dan katta bo’lgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketma-ket yuz beradigan radioaktiv o’zgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik bo’lgan Radioaktiv elementlar ham bor. Ular texnesiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sun’iy usulda olingan transuran elementlardir. Tabiiy Radioaktiv elementlardan faqat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri yerning yoshiga yaqin. 238U(T,,2=4,51 milliard yil), 235U(713 million yil), 232Th(14,l milliard yil). Shuning uchun barcha tabiiy Radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan toriy birlamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha Radioaktiv elementlar uzoq mavjud bo’luvchi izotoplarning parchalanishidan hosil bo’ladi va ular ikkilamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Turg’un izotoplaridan tashqari uzoq mavjud bo’luvchi tabiiy radioaktiv izotoplari bo’lgan 16 ta element ham mavjud (40K, 50V, 87Rb, ll5In, l38La, l42Ce, l44Nb, l47Sm, 152Gd, l76Lu, l74Hf, l80Ta, l80W, l87Re, «°Pt, l92Pt). Yadro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga ega.