Ravon

Ravon — Farg’ona viloyati So’x tumanidagi qishloq, tumanning ma’muriy markazi. So’x daryosining o’ng sohilida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Furqat (62 kilometr). Viloyat markazi (Farg’ona)gacha — 116 kilometr. Aholisi 5,9 ming kishi (2003). So’x daryosidan suv oladi. Ravonda tuman hokimiyati binosi, tuman tashkilotlari, umumiy ta’lim maktablari, litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, Markaziy stadion, Markaziy kasalxona bor. Madaniy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. So’x tumani telestudiyasi, «Sadoi So’x» gazetasi tahririyati faoliyat ko’rsatadi.