Ravshanov Mansur Temirovich

Ravshanov Mansur Temirovich (1937.4.7, Qarshi) — aktyor, rejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1961). Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor (1963-74, 1975 yildan), 1974-75 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissyor «Alpomish» (S. Abdulla; T. Jalilov), «boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «jononga bordim bir kecha» (Hamza), «Alisher Navoiy» (I. Sulton, Uyg’un), «Parvona» (Uyg’un), «Nurxon» (K. Yashin), «Ajab savdolar» (H. G’ulom; M. Leviyev), «Kelinlar qo’zg’oloni» (S. Ahmad), «o’z arizasiga ko’ra» (O’. Umarbekov), «makr va muhabbat» (F. Shiller), «Momo yer», «oq kema» (Ch. Aytmatov), «kelin va kuyov» (M. Bayjiev), «Amir Temur va Yildirim boyazid» (K. Abdunabiev), «Alpomishning qaytishi» (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.