Regional geografiya
Regional geografiya — ayrim materiklar, mamlakatlar, ma’muriy birliklar (respublika, milliy okrug va h.k.) yoki tabiiy geografik birliklar (o`lka, zona, provinsiya, okrug, rayon va h.k.) geografiyasi. Regional geografiyada hududlar tabiati, xo`jaligi va aholisining mahalliy (shu joyga xos) xususiyatlarini ajratib ko`rsatishga alohida e’tibor beriladi.