Regional tabiiy geografiya
Regional tabiiy geografiya — tabiiy geografiyaning uch asosiy tarmog`i (umumiy tabiiy geografiya, regional tabiiy geografiya va tabiiy komponentlar geografiyasi)dan biri, tabiiy hududiy kompleks (geokompleks, landshaft) haqidagi fan. Regional tabiiy geografiya geografik qobiqning turli katta-kichiklikdagi komplekslarini, ularning tarkibi, strukturasi va rivojlanishiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlarini, tabiiy sharoit va resurslarining regional xususiyatlari hamda ulardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganadi. Regional tabiiy geografiya bilan landshaftshunoslikning mazmuni bir, ya’ni bir-birining sinonimi degan fikr tobora keng yoyilmoqda. Regional tabiiy geografiyaning rivojlanishi landshaftlar sathidagi ta’limotning, tabiiy geografik rayonlashtirish muammosining va hududlarni tabiiy geografik tasvirlash metodikasining rivojlanishi bilan bog`liqdir.