Replikatsiya, reduplikatsiya

Replikatsiya, reduplikatsiya (replico — qaytarish) — nuklein kislotalarning o’z-o’zidan hosil bo’lish jarayoni, Replikatsiya tufayli genetik axborotning aniq ko’chirilishi va naslga utishi ta’minlanadi. Replikatsiya mexanizmining asosida DNK molekulasining DNK matrisasi (qolipi) da yoki RNK molekulasining RNK matritsasida fermentativ reaktsiyalar yordamida sintezlanishi yotadi. Bu reaktsiyalarni amalga oshiradigan fermentlar orasida 1 sekundda 1000 tagacha nukleotidni sintezlaydigan (bakteriyalarda) DNK polimeraza fermenti muhim o’rinni egallaydi. DNK molekulasi yarim konservativ xususiyatga ega, yangi hosil bo’layotgan 2 ta DNK molekulasidagi zanjirlarning biri «eski», boshqasi «yangi» bo’ladi. Replikatsiya birligi replikon hisoblanadi. Termin F. Jakov va S. Brenner tomonidan taklif qilingan. Prokariotlar genomi, odatda, bitta, eukariotlar genomi juda ko’p replikonlardan tashkil topgan. Tirik organizmlarda in vivo sharoitida boradigan Replikatsiya o’ta aniq jarayon hisoblanadi. Nuqgali mutatsiyalarni vujudga keltiradigan xatoliklar juda kam bo’lib, avlodga nisbatan har bir nukleotid uchun 10′ dan yuqori bo’lmaydi. Eukariotlarda Replikatsiya birmuncha sekin (sekundiga 100 nukleotid), ammo bir vaqtning o’zida bir DNK molekulasining bir necha nuktasida amalga oshadi. Replikatsiyani xromosomalar sonining 2 baravar ortishi ham deyiladi. Bu jarayon asosida DNK Replikatsiyasi yotadi.