Rezonans

Rezonans – (fransuzcha: resonance, lotincha: resona-“javob beraman”) tebranish tizimining davriy tashqi ta’sirga chastotali-selektiv javobidir, bu tashqi ta’sir chastotasi ushbu tizimga xos bo’lgan ma’lum qiymatlarga to’g’ri kelganda statsionar tebranishlar amplitudasining keskin o’sishida namoyon bo’ladi. Masalan: tebranishlar rezonansi, zo’riqishlar rezonansi, asosiy rezonans va hokazolar.