Sa’dullayev Rahmon
Sa’dullayev Rahmon (1934.1.5, Hazorasp tumani). — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Turkmaniston pedagogika institutini tugatgan (1956). 1956 yildan Turkmanistondagi maktabda kimyo fani o’qituvchisi. 1963 yildan Hazorasp tumanidagi 1-maktabda o’quv bo’limi mudiri, 1994 yildan liqtidorli bolalar litseyida kimyo fani o’qituvchisi. Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.