Sahna

Sahna — 1) teatr binosining to- mosha ko’rsatiladigan qismi. Birinchi teatr binolari, jumladan, qad. Xitoy, Hindiston, Turon, Yunonistonda pay- do bo’lib, asrlar davomida o’zgarib bor- gan. Hoz. teatrlar, odatda, uch qavatli qutisimon shaklda quriladi. 1-qavati S. osti (tryum)dan iborat. O’rta qavati tomoshabinlarga yaqqol ko’rinib, asosiy voqealar shu erda aks ettiriladi. Bu joy «sahna oynasi» deb yuritiladi. S. may- doni (plansheti), odatda, tomosha zali- dan 0,8—1,1 m baland bo’ladi. S.ning asosiy chegarasi — parda- dan tomosha zaliga turtib chiqqan old S. (q. Avanstsena) oldida yoki ostida orkestr yoki cholg’uchilar joylashadi. Drama teatrlarida bu erdan ham ayrim voqealarni ko’rsatish, qahramonlarni chohdan chiqarish yoki unga kiritib yubo- rish maqsadida foydalaniladi. Yuqori S o’rta S. peshtokidan boshlanadi. Uning shipi panjaralangan bo’lib, bu erda de- korasiyalarni tushiribko’taradigan tex- nik moslamalar o’rnatilgan. S. tepasida maxsus joylarga S. ishchilari, yorituvchi- larning bir qismi o’rnashadi. S yonida yoki orqa tomonida dekorasiyalar tura- digan «S.cho’ntagi» deb ataluvchi xonalar ham bo’ladi. O’zbekiston hududidagi Xorazm, Baqtriya, Kushon, Sug’d, Parkana davlat- larida qad. yunon teatriga o’xshash yoki bo’lmasa shohsupa shaklida o’rtada ku- rilgan tomoshagohlar bo’lganligi ma’- lum. O’rta asrlarda sozanda, xonanda, raqs va kulgi ustalari — masxara va muqallidlar tomosha ko’rsatuvchi tarab- xonalar, ayvonlar va ko’shklar paydo bo’lib, ular S vazifasini o’tashi ham ko’zda tutilgan. 20-a.ga kelib, zamona- viy shakldagi o’zbek teatri uchun qishki va yozgi teatr binolari qurildi. Astase- kin S.ning texnik jixrzlari, pardala- ri murakkablasha bordi. Shu kunlarda davlat tasarrufidagi 36 teatr turli ko’rinishdagi binolar va sta ega. O’zbek milliy akademik drama teatri binosi o’z joyida qayta qurildi va S.si eng zamo- naviy texnik vositalar b-n jihozlandi; 2) keng ma’noda — teatr. Muhsin Qodirov.