Said Ahmad
Said Ahmad (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo’jaev Saidahmad) (1920.10.6, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’zbekiston Qahramoni (1999). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent ras- somlik bilim yurtida, Toshkent pedago- gika in-tida o’qigan (1940-43). «Mush- tum» jur. (1938-39; 1955-57), «yosh leninchi» gaz. (1940-41), O’zbekiston radioqo’mitasi (1941 — 43)da, «qizil O’zbekiston» gaz. (1943— 47) va «Sharq yulduzi» (1948 — 50; 1957-59) jur.da adabiy xodim. Birinchi hikoyalar to’plami — «Tortiq» (1940). «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «cho’l burgu- ti» (1960), «cho’l oqshomlari», «odam va bo’ron» to’plamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros b-n aks et- tirilgan. S.A. o’z hikoyalarida Oybek- ning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhor bayo- nidagi lakonizmdan o’rganishga intilgan va ular ijodi S.A.ning yozuvchi bo’lib eti- shishida «darslik» vazifasini o’tagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifati- da tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yo’nalish muhim o’rin tutadi. Uning yumoristik mahorati «Kelinlar qo’zg’oloni» (1976), «kuyov» (1986) kome- diyalarida yorqin namoyon bo’lgan. «Ke- linlar qo’zg’oloni»dagi xalqona yumor b-n yo’g’rilgan Farmon Bibi millat men- talitetini, o’zligini, kuchli va ojiz jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga ko’tarilgan. «Ufq» trilogiyasi (1964-74), «jim- jitlik» romani (1988) adib ijodida alohida o’rin tutadi. «Ufq» romani 20- a. millat hayotining o’n yillik davri — 2-jahon urushi, urush va urushdan keyin- gi yillar voqealarini o’z ichiga oladi. Trilogiyada o’sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko’ksidagi armonlar, shu musibatlarni engishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo’r Ilhom b-n aks ettirilgan. Asarda Ikrom- jon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy ob- razlar yaratilgan. «Jimjitlik» Roma- nida esa sirtdan tinch, sokin ko’ringan sho’ro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati b-n ko’rsatilgan. Asardagi deyarli barcha etakchi personajlar fojeiy qismat ega- laridir. Roman o’zining asov, «bebosh» ifoda tarzi b-n jozibalidir. S.A. istiqlol yillarida ham hayotdagi o’zgarishlar haqida ko’plab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, jo’shqin lirik hikoyalar yaratdi. «Xandon pista» (1994), «Bir o’pichning bahosi» (1995) hajviy to’plamlari, «Yo’qotganlarim va top- ganlarim» (1998), «Qorako’z Majnun» (2001), «Kiprikda qolgan tong» (2003) kitoblari, 3 jildli «tanlangan asarla- ri» (2000) chop etildi. «Yo’qotganlarim va topganlarim»da G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va b. bir qator zabardast o’zbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy bo’yoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tu- fayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi «Qorako’z Majnun», «ot bilan suhbat», «Azroil o’tgan yo’llarda» hikoyalari, qatag’on dav — ri xotiralari b-n bog’liq «borsa kelmas darvozasi», «taqdir, taqdir…», «Oftob oyim» hikoyalari, adibning o’zi yaqindan muloqotda bo’lgan ustoz adiblar, teng- doshlari, shogirdlari va, nihoyat, o’z hayot va ijod yo’li haqidagi xotiraessela- ri mustaqillik davri o’zbek adabiyoti- da muhim hodisa bo’ddi. S.A.gagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuyg’ular, beg’ubor hazilmutoibalar b-n yo’g’rilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy o’zbek adabiyotidagi eng yaxshi namunala- ri qatorida turadi. Feleton janrida xam samarali ijod qilgan. 1947 y. «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan. Sta- Lin vafotidan so’ng oqlangan. «Kelinlar qo’zg’oloni», «kuyov» komediyalari hoz. O’zbek milliy akademik teatrida, «Ke- linlar qo’zg’oloni» dunyoning ko’plab mam- lakatlarida sahnalashtirilgan. «Ufq» asari asosida dramalar, «O’zbekfilm» kinostudiyasida «muhabbat mojarosi» filmi (1970) va b. yaratilgan. «Do’stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) ordenlari b-n mukofotlangan. Ac: Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorako’z Majnun, T., 2001; kiprik- da qolgan tong, T., 2003. Ad.: Normatov U., Sayd Ahmad [Ada- biy portret], T., 1971; G’afurov I., Pro- zaning shoiri, T., 1984. Umarali Normatov.