Salavk I Nikator
Salavk I Nikator (Yun. Seleukos Nikator — «Muzaffar») (mil. AV. 358/ 354-281/280) — Salavkiylar davla- ti va sulolasi asoschisi. Makedoniyalik mashhur Antioxning o’g’li. 326 y. Alek- sandrning Hindistonga qilgan yurish- larida mashhur sarkarda sifatida nom chiqardi. Aleksandr o’lgandan keyin uning safdoshlari (diadoxlar) b-n taxt uchun shafkatsiz kurash olib bordi. 321 y. Bobil satrapligini boshqarish unga topshirilgan. 312 y.ga kelib («Salav- kiylar erasi»ning boshlanishi) bu erda mustahkam o’rnashib olgach, Midiya, suzi- ana va Forsiya (Persida)ni, keyinchalik Baqtriyani ham o’z mulkiga qo’shib oldi va o’zini shoh deb e’lon qildi. Taxm. 305 y.da Hindistonga muvaffaqiyatli yurish qildi, lekin G’arbdan tashvishli xabar olgandan so’ng, hind shohi Chandra- Gupta b-n 500 fil evaziga sulh tuzdi va egallab olgan hududni qaytarib berdi. Ipsdagi jang (mil. AV. 301) natijasida (diadoxlar o’rtasida er bo’linganda) Me- sopotamiya va Suriyani oldi. 281 y. Li- simaxni tormor qilib kichik Osiyoning deyarli hamma hududini egallab oldi. S. I Makedoniyaning podshosi bo’lish maqsadida Frakiya va Makedoniya tomon yurish boshlagan. Lekin, Ptolemey Lag- ning o’g’li Ptolemey Keravn tomonidan o’ldirilgan. S. I 70 ga yaqin shaharga asos solgan. Bu shaharlar Salavkiylar davla- tining tayanchiga aylangan.