Salexard
Salexard (1933 yilgacha Obdorsk) shahar, Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyati Yamal neneslari Muxtor okrugi markazi. Poluy daryosi ob daryosiga quyiladigan joydagi dare porti, shimoliy qutbiy doira yaqinida. Obning qarama-qarshi sohilida Labitnangi temir yo’l stantsiyasi bor. Aholisi 30,5 ming kishi (1998). Baliq konserva, sut zavodlari, uysozlik kombinati mavjud. Qurilish detallari ishlab chiqariladi. Yog’och ortishtushirish bazasi, zooveterinariya texnikumi, tibbiyot va pedagogika bilim yurtlari, madaniyat-ma’rifat bilim yurti, o’lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Shaharga 1595 yilda asos solingan. Salexardning avvalgi nomi Obdorsk — ob daryosi va komi tilida «dor» — yoni so’zlaridan kelib chiqqan; lekin, neneslar shaharni azaldan «Salexard», ya’ni, suv yoqasidagi manzilgoh deb atab keladilar.