Salim I yovuz

Salim I yovuz (1477-1520.20.9) US- monli turk imperiyasi sultoni Sulton Boyazid II ning o’g’li. 1512 y.ning qishida yanicharlar yordamida otasidan taxtni tor- tib olgan. C.I ning buyrug’iga muvofiq, uning akaukalari, jiyanlari qatl etil- gan. Shialikka qarshi kurash Shiori ostida 1513 y. uning hukmiga binoan, saltanatda yashovchi 40-45 ming atro- fidagi shialar qatl qilinadi. Bunday qirg’indan asosiy maqsad Eron shohiga qarshi qilinishi rejalashtirilayotgan yurish oldidan Eron b-n chegaradosh vilo- yatlarni shialardan tozalash edi. Shoh Is- moil I va Sulton C.I o’rtasida Choldiron vodiysida 1514 y.ning 23 avg.da sodir bo’lgan jangda har biri taxm. 120 ming askardan iborat 2 qo’shin to’qnashadi. O’t sochar qurol, ya’ni to’p, zambarak va miltiqlar b-n qurollangan turk ARMi- yasi Ismoil I qo’shinini butunlay yak- son etadi. Jang maydonida shohning 50 ming askari nobud bo’ladi, qarorgohi to’laligicha turklar qo’liga asir tusha- Di. Shoh poytaxti Tabrizda bir necha kun qo’nim topgan S. 1 ulkan o’lja b-n istan- bulga ravona bo’ladi. Shundan so’ng C.I Jan.Sharqiy Anado’lu hamda Kurdiston- ni zabt etadi, Diyorbakr, Mo’sul, Mordin sh.lari unga taslim bo’ladi. Oz fursat o’tmasdan C.I Misr mamluklari tomon yo’lga chiqadi. 1516 y.ning 24 avg.da Marj Dobik maydonida turklarning turli ka- librdagi to’plariga bardosh berolmagan mamluklarning 60 ming kishilik ARMi- yasi tormor etiladi. Ushbu jangdan so’ng Halab, Aynteba (Ayntob) singari qator Shom sh.lari C.I ga bo’ysundiriladi. 1516 y.ning 28 avg.da Halabda juma namozida C.I ga «ikki muqaddas shahar xizmatchi- si» faxriy unvoni beriladi. Mana shu kundan e’tiboran Usmonli sultonlar xa- lifa deb nomlana boshlagan. 1516 y.ning sent.da C.I butun Suriya hududini deyarli qarshiliksiz qo’lga kiritadi, noyab. oxi- rida turk armiyasi Falastinni taslim etadi. 1516 y.ning 25 dek.da mamluklar- ning yangi sultoni Tumanboy qo’shinlari Sinon Yusuf Posho qo’mondonligidagi turklar tomonidan mag’lubiyatga uchrati- ladi. Bir oy o’tgandan so’ng Ridoniyada bo’lgan hal qiluvchi jang Tumanboyning uzilkesil mag’lubiyati b-n yakunlana- Di va Sulton C.I Qohiraga kiradi. C.I qo’liga tushgan so’nggi mamluklar sulto- ni Tumanboy 1517 y.ning 13 apr.da osib o’ldiriladi. 1521-22 y.larda Suriya va Misr Usmoniylar saltanatining bir kismiga, ya’ni o’lkasiga aylantiriladi. 1516 y. Shim. Afrikaning yirik porti hisoblangan Jazoir va uning atrofi- dagi erlar turklar tasarrufiga kiri — tiladi. Natijada turklarga tegishli yurtlar qatoridan Bolqon, Jan.Sharqiy Anado’lu, Arabiston hamda shim. Af- Rika erlari o’rin oladi. Vengriya che- garalari hamda Adriatika dengizidan Fors ko’rfazigacha bo’lgan hududlardan o’tuvchi savdo yo’llari bevosita turklar nazoratiga kiradi. 1519 y. jaloliylar qo’zg’olonini bostirgan. Misrda mam- luklar davlatining tugatilishi, Eron- ning sezilarli darajada kuchsizlanishi, Sulton C.I o’z nigohini takror Evropaga qaratish imkonini berdi. 1520 y. C.I yangi bosqinchilik yurishlariga (Rodos va Hindistonga) tayyorgarlik chog’ida 43 yoshida vafot etadi. Ad.: Petrosyan Yu. A., Osmanskaya im- periya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990; Ivanov N. A., Osmanskoe zavoevanie arabskix stran (1516-74), M., 1384; Kniga zakonov Sultana Selima 1, M., 1969. Hamidulla Dadaboev.