Saljuqiylar

Saljuqiylar-XI-XIV asr boshida Yaqin va O’rta Sharqdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan sulola. Sulola nomi ko’chmanchi turk-o’g’iz qabilasi boshlig’i Saljuq nomidan olingan. Ushbu qabila X asr oxirlarida Zarafshon vodiysiga ko’chib kelgan va somoniylar ijozat bilan Buxoroning Nur atroflarida ko’chib yurgan. XI asr boshida G’aznaviylar davlatidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklardan foydalangan saljuqiylar Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar.