Salmon al-Forisiy
Salmon al-Forisiy, Abu Abdulloh Salmon alForisiy (?, Isfahon — 658) — sahoba; Muhammad (sav)ning mavlolaridan. Otasi majusiy dinida bo’lgani uchun undan ketib qolgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, Islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandaq jangirya aynan S alf. Muhammad (sav) ga Madina sh. atrofida xandaq kazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari ko’rilmagan bu yangi taktik usul Makka- liklar harbiy kuchining asosiy Zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qo’shinining jangovarlik imkoniyatlari- ni ancha pasaytirgan. Bu kutilmagan hol bo’lib, ularni sarosimaga solgan, nati- jada musulmon qo’shini zafar qozongan. S. alf. tasavvufttt asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S alf.ni Llining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. S. alf. Madoin sh. (Iroq) ga hokim bo’lganda, bo’yra to’qib, sotib, o’z mehnati evaziga tirikchilik o’tkazgan; maoshini esa muhtojlarga tarqatgan. Ko’plab hadislar rivoyat qilgan.