Salomalaykum
Salomalaykum (Cyperus rotundus L.) — hiloldoshlarga mansub ildiz- poyali ko’p yillik begona o’t. Poyasi in- gichka, uch qirrali, yalang’och, bo’yi 15— 50 sm. Barglari yassi, kulrang, eni 5 mm gacha. Gullari soyabonsimon, to’pgulga yig’ilgan. Mevasi uch qirrali yong’oqcha (uz. 1,5—1,8 mm). Ildizpoyalaridan ko’plab tuganak- li novdalar chiqadi. O’simlik urug’idan va ingichka ildizpoyalaridan ko’payadi. Yosh o’simlikning poya asosida birlamchi ildizpoya rivojlanadi, ildizpoya Uchida esa tuganak hosil bo’ladi, undan yangi ildizpoyalar yon atrofga yoyilib ketadi va ularda tuganaklar hosil bo’ladi. Bu- lardan yangi novdalar o’sib chiqadi. Har bir o’simlik tuproq sharoitiga qarab yon, qo’shimcha ildizpoyalar hosil qiladi, ulardan ham er ustiga yangi poyalar o’sib chiqadi. Iddizpoyasi kraxmalga boy, tar- kibida 0,5— 1% gacha efir moylari bor. Iddizpoyasidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida terlatuvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. S. O’zbekistonning barcha sug’oriladigan hududlarida sabzavot va b. ekinlari ora- sida begona o’t sifatida ko’p uchraydi. Kurash choralari: kuzda erni chuqur haydash, ekin ekishdan oldin begona o’t ildizpoyalarini yig’ishtirib olish, chuqur kultivasiya o’tkazish.