Salvador, Baiya

Salvador, Baiya — Braziliya- ning shim.Sharqiy qismidagi shahar, Toduzussantus qo’ltig’i sohilida. Baiya provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Trans- port yo’llarining yirik tuguni. Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Atlantika okeani soxilidagi port (chetga kakao, kofe, tamaki, shakarkand, texnik olmos va b. chikariladi). Kime, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, tsement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan texnik olmos, neft va gaz qazib olinadi. Sdan shimolroqda neftni qayta ishlash, neft kimyosi, qora metallurgiya, mashinasozlik sanoati kor- xonalari ishlab turibdi. 2 un-t, badiiy va b. muzeylar bor. Shaharga 1549 y.da asos solingan va 1763 y.gacha Braziliya poytaxti bo’lgan. Me’moriy yodgorli- klardan 16-18-a.larga oid saroy, sobor va monastirlar saqlangan.