«Samariya»
«Samariya» — Abu Tohirxoja Samarqandiyning Samarqand sh. tarixi- ga oid asari. «S.»11 bob, muqaddima va xotimadan iborat bo’lib, Samarqandning bunyod etilish tarixi, shaharning Samarqand deb atalish sabablari, Geo- grafik holati, obhavosi va 19-a.nin- kzchoragiga qadar saqlanib qolgan osory atiqalari, shuningdek, maejid va madra- Salar, ko’shklar va mozorlar haqida ma’- lumot beradi. Bundan tashqari, asarda mashhur tarixiy shaxslar, Islomning ko’zga ko’ringan namoyandalari va ular- ning hayotigaoid axborotlar ham ko’p. Asar o’tgan asrning so’nggi choragida V.L. Vyatkin tomonidan 1marta rus tiliga tar- jima qilinib, 1898 y.da Samarqandda chop qilingan. N.I. Veselovskiy tomo- nidan asarning ko’hna qo’lyozma nusxala- ri asosida 1904 y. Sankt-Peterburgda fors-tojikcha tanqidiy matni bosil- gan. Veselovskiy «S.»ning mazkur na- shriga K.P.Kaufman amri b-n Nurid- din Basir (qutbi chahordaho’m nomi b-n mashhur bo’lgan, 1878 y.ning avg. oyi- da portlatib yuborilgan) mozorining rasmi va loyihasini hamda mozorga vaqf qilingan ersuv va mulk haqidagi vaqfnomani ilova kilgan. Asar 1921 y. forschadan o’zbek tiliga Abdulmo’min Sattoriy tomonidan tarjima kilingan. 1925 y. S.Ayniy taxriri b-n nashrga tayyorlanganicha qolib ketgan. 1991 y. «S.»ning shu nusxasi (nashrga tayyorlov- chilar B. Ahmedov, A. Juvonmardiev) o’zbek tilida Toshkentda nashr etilgan. Qo’lyozma nusxasi O’zbekiston FA beru- niy nomidagi sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda. (inv. №600). Ad.: Abu Tohirxoja, Samariya, T., 1991.