SAMARQAND KIMYO ZAVODI

SAMARQAND KIMYO ZAVODI — kimyo sanoatining yirik korxonalaridan biri. «O’zkimyosanoat» davlataktsiyador- lik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Am- Mofos, oddiy superfosfat, boyitilgan superfosfat va b. fosforli o’g’itlar, sulfat kislota ishlab chiqaradi. Samarqand sh.dan 12 km g’arbda, kimyo- garlar shaxarchasida joylashgan. Dastlab «Samarqand superfosfat zavodi» nomi b-n korxona kurilishi 1950 y.da boshlan — gan. 1980 y.dan hozirgi nomda. 1954 y.da sulfat kislota tsexi, 1955 y.da super- fosfat tsexi ishga tushirilgan. Oddiy superfosfat, ammoniylashgan superfos- Fat, texnikada qo’llaniladigan sulfat kislota, texnik kislorod, ro’zg’orbop ki- myoviy mahsulotlar i.ch. o’zlashtirilgan. 3D 1965 y.da rekonstruktsiya qilinib, i.ch. quvvatlari 2 marta oshirildi. 1975 y.da yirik sulfat kislota tsexi foyda- lanishga topshirildi, 1978 y.dan jahon tajribasida birinchi marta tarkibida 24,5% R2O5 bo’lgan past navli Qoratov (Qozog’iston) fosforitini qayta ish- lashga o’tdi. 1979 y.da zdning 2navbati qurildi, yillik quvvati 450 ming t mo- nogidrat bo’lgan sulfat kislota tsexi, 136,4 ming t ekstraktsion fosfor kislo- ta ishlab chiqaradigan fosfor kislota tsexi ishga tushirildi. Zdning ammofos i.ch. bo’yicha 3navbati 1982-84 y.larda qurilib, 3ekstraktsion fosfor kislota tsexi foydalanishga topshirildi. 1994 y.dan zdda ammoniy sulfat o’g’itini i.ch. o’zlashtirildi. Korxonaning diam- moniyfosfat o’g’iti bo’yicha yillik quvvatini 200 ming t ga etkazish uchun qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Yiliga 500 ming t sulfat kislota, am- Mofos va b. o’g’itlar i.ch. quvvatlariga ega (2003). Korxona mahalliy xom ashyo ba- zasida ishlashga o’tkazilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan o’g’itlar Xitoy, Eron, Turkmaniston va b. davlatlarga eksport qilinadi.