Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi
Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi — ma- Daniy-ma’rifiy muassasa. 1979 y. Samarqand sh.da O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi muzeyi to’plamlari negizida tuzilgan. 1983 y.dan Samarqand davlat Birlashgan tarixiyme’morlik va badiiy muzeyqo’riqxonasi bo’limi. Mu- zeyda tabiat va tarix bo’limlari bor. Ekspozisiyalarda viloyat hayvonot va o’simlik dunyosi, shu jumladan, «Ki- zil kitob»ga kiritilgan yo’qolib bo- rayotgan hayvon va o’simlik turlari xam qo’yilgan; viloyat tarixi asl hujjatlar, Nodir fotosuratlar va b. vositalarda yoritilgan. Muzey binosi (sobiq savdo- gar A. Kalontarov uyi)ning o’zi Nodir me’moriy obidadir; unda 19-a. oxiri — 20-a. boshlari Samarqand me’morlari va ustalarining an’anaviy san’ati va mahorati (ganch o’ymakorligi, naqqoshlik va b. san’atlar) namoyon bo’lgan. Muzey madaniy-ma’rifiy ishlar, turli tad- birlarni amalga oshiradi, ko’rgazmalar tashkil kiladi. 2001 y.dan videolekto- riy ishlab turibdi.