SANDINO (SANDINO) AUGUSTO SESAR

SANDINO (SANDINO) AUGUSTO SESAR (1895.18.5-1934.21.11) Nikaragua milliy qahramoni. Nikaraguani 1912 yilda bosib olgan AQSh qo’shinlariga qarshi kurashni boshqargan (1926 yildan). Sandino boshchiligidagi kurash natijasida 1933 yil yanvarda mamlakat ozodlikka erishgan. Sandino «milliy gvardiya» boshlig’i A. Somosa tomonidan xoinona o’ldirilgan.