Sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi

Sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi (SES) (O’zRda) sa- nitariya-epidemiologiya xizmatining asosiy ixtisoslashtirilgan muassasasi. 1952 y.da tashkil etilgan. O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 2 dek. buyrug’i asosida kayta tashkil qilindi. 1955 y.da O’zbekistonda sanitari- yaepidemiologiya xizmati tarkibiga o’zgartirishlar kiritildi. Davlat sa- nitariya inspektsiyasi, SES, bezgak va brusellyoz (qora oqsoq)ga qarshi ish olib borgan muassasalar birlashtirilib, Yago- na hududiy SES tashkil etildi. 1967 y.da O’zbekistonda sanitariya epidemi- ologiya xizmati faoliyatini takomil- lashtirish maqsadida tuman SES lari- ning mustaqilligini tiklash to’g’risida qaror qabul qilindi va 1956 y.da tuman Markaziy kasalxonasiga biriktirib qo’yilgan tuman SES lari mustaqilligi ta’minlandi. SES tarkibiga sanitariya- gigiena, epidemiologiya va dezinfektsiya bo’limlari kiradi. SES tashqi muhitni (ayniqsa, sanoat korxonalari joylashgan hududlarda) sog’lomlashtirish tadbirla- ri ustidan sanitariya nazorati o’rnatish, yuqumli, parazitar va kasb kasallikla- rining oldini olish va yo’qotish kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Ba’zi SES larda o’ta yuqumli, og’ir infektsiya- larning oldini olish bo’limlari; radio- logik guruh va b. bor. Hoz. O’zbekistonda 237 ta SES bo’lib, unda 3622 vrach va 9767 o’rta tibbiy xodim xizmat kiladi (2004).