Sanjar, Sulton Sanjar, Sulton Muiz addunyo vaddin Abul Xoris Sanjar ibn Malikshoh
Sanjar, Sulton Sanjar, Sulton Muiz addunyo vaddin Abul Xoris Sanjar ibn Malikshoh [1086. 6(27). 11, Jazira viloyati Sanjar sh. — 1157.26.4(7.5), Marv] — Saljuqiylar davlati sultoni (1118-57). Malikshohning kenja o’g’li. Akasi Sulton G’iyosiddin Muhammad va- Foti (1118 y.)dan so’ng taxtga o’tirgan. S. Saljuqiylar davlatining Sharqiy qismi tarkibiga dastlab Mozandaron, Tabariston, Seyiston, Kumis, Ray va Damg’onni qo’shib olgan va poytaxtni Marvga ko’chirgan. Movarounnahr va Xorazmni ham o’z saltanatiga birlash- tirgan. S.ning qudrati avjiga chiqqan vaqtlarda G’arbiy Saljuqiylar Sulton- ligi (G’arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon) va Qoraxoniylar davlati uning siyosiy ta’siri ostida bo’lgan. S.ning nomi Qashqardan Yamangacha, G’aznadan Ummon- gacha, Kavkaz va Anatoliyadan Makka va Madinagacha xutbaga qushib O’qilgan. 12-a.ning 40y.laridan boshlab S.ning kuchqudrati zaiflasha boshla- gan. 1141 y.da Movarounnahrga sharkdan qoraxitoylarniyat bostirib kirishi b-n S.ning ham kuchi qirqilgan. Qatvon jangiaya Saljuqiylar va Qoraxoniylar S. boshchiligida o’zaro birlashib qoraxitoylar va qarluklarga qarshi ku- rashsalarda, jiddiy mag’lubiyatga uchrash- gan. Jang maydonidan atigi 6 ta otliq b-n zo’rg’a qochib qutulgan. Marvga etib borgan. S Movarounnahrdan ajralgan. Balx va Xuttalon atroflarida ko’chib yuruvchi g’uzlar (o’g’uzlar) S.ga navbatda- gi jiddiy zarbani berishgan. Aslida bu mag’lubiyatga S.ning ochko’z amirlari va lashkarboshilari sabab bo’lgan. Balx hokimi Amir — sipohsolor ko’mach 10 ming kishilik qo’shin b-n soliqlarning ko’payganligiga qarshi qo’zg’olon ku- targan g’uzlarga qarshi yurish qilib, mag’lubiyatga uchraydi. Amir Ko’mach va uning tarafdorlari S.ni g’uzlarga qarshi yurish qilishga ko’ndirishgan. 100 ming kishilik ulkan lashkar to’plagan S. g’uzlarning uzri va tovon tariqasida 50 ming ot va tuya, 200 ming qo’y, 200 dinor va bir yillik xiroj to’lash taklifi- ga rozi bo’layotganda, urushqoq amirlar jang boshlashni talab qilganlar. Balx atrofida bo’lgan katta jangda Sulton S. lashkarlari mag’lubiyatga uchrab (jangda Amir ko’mach ham halok bo’ladi), uning o’zi asirga olingan (1153 y. iyul). G’uzlar Xurosonni egallab, Marv, Nishopur, Mashhad, Tue va b. shaharlarni talash- gan. Birok, g’uzlar S.ga katta izzathurmat ko’rsatib, uni Balxda Sulton sifati- da faxriy tutqunlikda ushlab turish- gan. Juvayniyning yozishicha, Termiz hukmdori Ahmad ibn Abu Bakr (Amir Ko’machning nevarasi) ming kishilik maxsus chavandozlar guruhini jo’natib, S.ni g’uzlar qo’lidan qutqargan va ter- mizga olib kelgan (1156 y. okt.). Movaro- unnaxr, Xorazm va Xurosonning asosiy qismi qo’ldan ketganligini ko’rgan S. AV- valgi qudratini tiklashga behuda urin- gan. 1156 y. noyab.da u Termizdan Marvga kelgan va poytaxt yaqinidagi Andarobod qal’asida yashagan. S. saroyida o’z davrining mashhur shoir va ulamolari to’plangan. S. Marv va b. shaharlarda ko’plab me’moriy obi- dalar qurdirgan. S. xastalanib, vafot etgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Sulton Sanjar maqbarasi). Manba. Sadriddin Ali alxusayni, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M, 1980. Ad.: Buniyotov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (10971231), T., 1998; O’zbekiston tarixi: davlat va ja- miyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; ter- miz — buyuk chorrahadagi ko’hna va yangi shahar, T., 2001. Qahramon Rajabov.