SANTA-KRUS (SANTA CRUS) ANDREE

SANTA-KRUS (SANTA CRUS) ANDREE (1792.30.11, Lapas — 1865.25.9, Sennazer, Frantsiya) — Boliviya prezidenti (1829-39), marshal, Peru va Boliviya Konfederasiyasi protektori (1836-39). Santa-Krus bir qancha ma’muriy va moliyaviy islohotlar o’tkazgan va Markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. 1820-yillar- da X. San-Martin va S. Bolivar armiyasida Amerikadagi ispan mustamlakalarining ozodligi uchun jang qilgan.