Sapropel
Sapropel (yunoncha sapros — sassiq, pelos — loyqa) — oqmay turgan suv havzalari tubida o`simlik va hayvon organizmlari qoldiqlaridan hosil bo`ladigan organik loyqa, balchiq. Tibbiyotda (balchiq bilan davolashda), yoqilg`i va o`rit sifatida ishlatiladi.