Sariq, sariqlar, shari

Sariq, sariqlar, shari — O’rta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kir- gan qabila nomi. Ilk urta asrlarda Jan. Sibir, Ettisuv va Sirdaryo bo’ylarida usun, Abdal, qay(hun) qabilalari b-n birga yashashgan. 8— 10-a.lardagi Xitoy manbalarida Sheli, shari (sari, sariq) nomi b-n qayd etilgan. S. Sharqiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. K. Shoniyo- zovnmnt fikricha, S.ning g’arbga dastlab- ki siljish jarayoni 8-a.ning 60y.larida sodir bo’lgan. Ayni shu vaqtda qarluqlar Ettisuvni egallaganlar. S.ning kat- ta qismi ular b-n birga Chu vodiysiga kelib o’rnashgan. 10-a. o’rtalarida S. Qoraxoniylar davlati tarkibida bo’lib o’zbek elatining shakllanishida bevosi- ta qatnashgan. 10-15-a.lar va keying davrlarda Dashti Qipchoqda yashagan. S. kurashlar va o’zaro nizolar tufayli ki- chik bo’laklarga bo’linib o’zbek, turkman, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, boshqird xalqlari tarkibiga kirgan. S.ning Jung’oriya va Tarbag’atoyda qolgan qismi Sibir xalqlari tarkibiga kirgan. S.ning shim. Xitoyda qolgan guruxlari shu erda yashovchi uyg’urlar b-n qo’shilib, ular ichida sariquyg’ur etnik guruhini tashkil etgan. 16-a.dan boshlab S. turkmanlar tar- kibida qabila sifatida ma’lum bo’lib, Mang’ishloq va G’arbiy Turkmanistonda taka va yovmutlar b-n birga yashagan. 1897 y. aholi ro’yxatida bu hududlarda Sdan 31 ming xo’jalik hisobga olingan. Shu- ningdek, S. Turkmanistonning Taxtabo- zor, Yo’lo’tan tumanlarida ham istiqomat qilgan. Turkmans. bir qancha urug’larga bo’lingan: suqti, bayrach, xurosonli, ala- sha, xerzet. Turkmans.ning bir qismi O’zbekistonning Olot va muborak tuman- larida ham yashashgan. Ularning quyidagi etnik guruxlari ma’lum: ko’sa, jo’yjoni, sapcha va bek. 1926 y.gi aholi ro’yxatiga ko’ra, Surxondaryoning Sherobod tuma- nida S.ga mansub 1190 kishi yashagan. S. Qirg’iziston, Afg’onistonda ham bor. O’tmishda S. chorvachilik, bir qismi dehqonchilik b-n shug’ullangan. 20-a.ning 30y.laridan S xo’jaligida dehqonchilik, xususan, paxtachilik va yaylov chorvachili- gi etakchi o’rin tuta boshlagan. Ad.: Karpov G.I., K istorii turkmen- Sarikov, Ashxabad, 1996; Shoniyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2000.