Sarkarda

Sarkarda (forscha — boshliq, boshlab boruvchi) — 1) qo’mondon, lashkarboshi; 2) Xiva xonligida harbiy mansab. Sarkardalar qo’shin urush safariga chiqqan davrda tayinlangan. Ular qoida bo’yicha o’z urug’laridan tayinlanmagan. Xonlar buni ehtiyotkorlik deb hisoblashgan. Sarkardalar bevosita xonning yorlig’i bilan tayinlanib, harbiy mahkama kishilari bo’lmasligi ham mumkin bo’lgan (masalan, miroblar Sarkarda bo’lishi mumkin edi); 3) Amir, shahar hokimi, bek, mingboshi va yuzboshi ham ba’zan Sarkarda deb yuritilgan; 4) Eronda qo’shin boshlig’i.