Saros

Saros (Yunoncha saros — takrorlanish) — Quyosh va oy tutilishlarinnsh bir xil ketma-ketlikda yangidan takrorlanishi orasidagi davr; Quyosh va oy tutilishlari mos ravishda Quyosh markazining Oyning yangi oy va to’lin oy fazalari paytida oy tugunlari (Qo’yoshning yillik ko’rinma yo’li bilan oy orbitasining kesishgan nuqtalari)ga yaqin burchak masofadan o’tayotganda ro’y beradi. Saros taxminan 18 yil 11 sutka 7 soat 42 minutga teng. Bir Saros davrida 41 ta Quyosh, 29 ta Oy tutilishi bo’ladi. Saros Yunoniston va Misrda qadimdan ma’lum.