Sarsinalar

Sarsinalar (lotincha sarcina — bog’lam, o’ram, toy) — sharsimon bakteriyalar; bo’linishdan keyin ajralib ketmasdan qopchiq shakldagi to’plam hosil qiladi. Sarsinalar to’plamiga 8 tadan 64 tagacha va undan ham ko’proq xujayralar kiradi. Harakatsiz. Har xil sistematik guruhga mansub bakteriyalar orasida uchraydi. Shuningdek, Sarcina turkumiga mansub grammusbat anaerob bakteriyalar ham mavjud. Sarsinalar uglevodlarni bijg’itadi.