Sart
Sart-1. VI asrlarda turklar O’rta Osiyoni bosib olgach, shaharlarda istiqomat qilayotgan fors-tojik tilida gaplashuvchi aholini sart deb atashgan. 2. XII-XIII asrlarda mo’g’ullar savdogarchilik bilan kelgan, asosan aksariyat musulmon savdogarlarini sart deb atashgan. 3. XVI asrda Dashti Qipchoqdan kelib, Temuriylar davlatini egallagan ko’chmanchi o’zbeklar mahalliy o’troq aholini sart deb atagan. Keyinchalik vaziyat o’zgarishi bilan sart atamasining mazmuni ham o’zgardi. Ko’chmanchi o’zbeklar O’rta osiyoni bosib olganlaridan so’ng O’rta Osiyodagi o’troq aholining katta qismi turkiy tilda gaplashganligi uchun, ularni ko’chmanchi o’zbeklardan farq qilish maqsadida faqat O’rta Osiyo vohasining shahar va o’troq aholisiga nisbatan sart atamasi ishlatila boshlandi.