Sattorxon Abdug’afforov

Sattorxon Abdug’afforov (1843, Chimkent — 1901, Toshkent) — ma’rifat- parvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug’ilgan. Toshkentdagi Shukur- xon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o’rgangan. 1864 y.gacha Chimkent sh. muf- tiysi, 1873-76 y.larda Chimkentdagi birinchi rus-tuzem maktabi o’qituvchisi. 1876 y. apr.da Qo’qon sh. qozisi etib tay- inlangan. S. qozilik lavozimidan ma’- rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qilish yo’lida foydalangan, dunyoviy bilimlar- ni targ’ib qilgan, natijada ruhoniylar tomonidan qattiq ta’qib ostiga olin- gan. 1881 y. S. Qo’qonni tark etishga maj- bur bo’lgan. 1883 y. «Turkiston viloyati- ning gazeti»ga ishga kirgan, Evropa ma- daniyati va dunyoviy bilimlarni targ’ib qiluvchi bir qancha maqolalar yozgan. 1884-89 y.larda Toshkent o’qituvchilar seminariyasida o’zbek va fors tillari- dan dars bergan. S. rus imperatorining maorif sohasidagi ayrim tadbirlari- ni tanqid qilgan. 1899 y.gacha Chimkent qozisi bo’lib ishlagan, keyin Toshkentga qaytib kelgan. S o’zining ma’rifatpar- varlik faoliyatini Furqat, Muqimiy, Zavqiyshr b-n hamkorlikda olib borgan. S.ning ijtimoiy qarashlari uning «Mu- sulmon eshonlari», «Rossiya istilosiga qadar Qo’qon xonligining ichki ahvoli haqida sekacha ocherk» nomli risolalari- da, ko’pgina maqola va nutqlarida o’z ifo- dasini topgan. Ad.: Olim Usmon, O’zbekistonda rus tilining ilk targ’ibotchilari, T., 1962; Saviskiy A. I., Sattarxan Abdulgaffa- rov prosvetiteldemokrat, T., 1965.