Saturn

Saturn — qadimgi Rim mifologiyasida ekinlar xudosi, dehqonchilik homiysi. Saturn Italiyaning juda qadimgi podshosi hisoblangan, u xalqni dehqonchilikka, sohibkorlikka o’rgatgan. Uning davri yalpi tenglik, ma’murchilik va tinchlik barqaror bo’lgan «oltin asr» zamonasi edi. Saturn sharafiga har yili dek. Oyida dabdabali va quvnoq Saturnaliya bayrami o’tkazilgan. Saturn uzun soqolli va qo’lida o’rog’i bo’lgan odam shaklida tasvirlangan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri va 2-asr boshidan Saturnga sig’inish yunonlar xudosi Kronosga sig’inish bilan qo’shilib ketdi.