Saudiylar
Saudiylar — 1) Saudiya Arabistonidagi hukmdor sulola; asoschisi — Saud ibn Muhammad ibn Mikrin. 1927 yilgacha Saudiylar — Najd amirlari; 1927-32 yillarda — Hijoz va Najd hamda ularga qo’shilgan viloyatlar qirollari; 1932 yildan — Saudiya Arabistoni qirollari (podsholari); 2) Saudiya Arabistoni arablari — xalq, Saudiya Arabistonining asosiy aholisi (13,25 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, Quvaytda (50 ming kishi) ham yashaydilar. Arab tilida so’zlashadi. Dindorlari — musulmonlar (sunniylar va shialar).