Savdo uyi

Savdo uyi — 1) katta mikyosda savdo operasiyalarini olib boradi- gan ko’p tarmoqli savdo kompaniyasi. O’z kapitali va jalb etilgan kapitaldan foydalanadi. Aksariyat o’z nomidan va o’z xisobidan eksportimport, tovar ayir- boshlash va b. tashki savdo alokalarini amalga oshiradi. Su. savdo korxonalari- ni sotib olish, jihozuskunalarni ija- raga topshirish, kreditlar berish, ichki ulgurji va chakana savdo operasiyalarini amalga oshirish, transport, sug’urta va b. sohalarda xizmatlar ko’rsatish b-n moliya va i.ch. faoliyatida ham qatnashadi. Su. tarixan savdo kapitali mahsuli, shu sa- babli 20-a.ning 20y.lariga qadar sobiq SSSR hududida bunday uylar savdogar- lar oilalariga qarashli bo’lgan. Yaponiyaning «Misubisi», «Misui», «Sumito» kabi 9 ta birlashma kompa- niyalari jahondagi eng yirik savdo uylariga kiradi. Koreya Respublikasi, Hindiston, Braziliya, Singapur, Tur- kiya va b. mamlakatlarda ham savdo uyla- ri keng tarqalgan. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining boshla- rida davlat universal magazinlarini aktsiyadorlik savdo uylariga aylanti- rish hamda davlat savdo korxonalarini fuqarolarga yoki fuqaro jamoalariga sotish yo’li b-n paydo bo’ldi. 1991 y. sent.da Toshkent sh.da «O’zbek savdo uyi», 1992 y. mart oyida «Osiyo kontinental» xalqaro savdo uyi aktsiyadorlik jamiyati va b. tashkil topdi. Shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg, Ankara, Berlin va b. shaharlarda o’zbekistonlik ishbilarmon- larning savdo uylari ochilgan; 2) savdo korxonasining maxsus turi; ixtisoslash — xona) yoki universal (har xil tovarlar) savdo uylari bor.