Sayfi Jalil

Sayfi Jalil (taxallusi; asl ismisharifi Jalilov Jalil) (1932.20.6, Samarqand 2003.11.2, Tosh- kent) — kompozitor, sozanda, dirijyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). O’zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini tu- gatgan (1967). O’zbekDavlat filarmoniya- si xalq cholg’u asboblari orkestri sozan- dasi va dirijyor (1950-66), «shodlik» ansambli badiiy rahbari (1970-71), konservatoriyada o’qituvchi (1967 y.dan), prof. (1990 y.dan), kafedra mudiri (1992— 98). Ijodini lirik qushik/tr («Kel, ertaroq», «ona yurtim» va b.), ro- manslar («ayt», «kechalar yulduz sanab» va b.), kamercholg’u va orkestr pesalar, syuita va kvartetlardan boshlagan. Key- inchalik, simfonik orkestr uchun yaratgan «Toshkent manzaralari» (1966), «Qalam qoshligim» (1967) musiqali komediyasi, «Navoiy Astrobodda» (1967, Yu. Raja- biy b-n) musiqali dramasi va, ayniqsa, tanbur va o’zbek cholg’u asboblari orke- stri uchun «Qalbimda» poemasida o’zbek an’anaviy bastakorlik uslubini evro- pacha kompozitorlik ijodiyoti tamoyil- lari b-n uzviy uyg’unlashtirishga erish- gan. Skripka va orkestr uchun 2 kontsert (1974, 1995), O’zbekistonda birinchi Vio- lonchel va orkestr uchun kontsert (1975), 2 ta simfoniya (1978, 1983), «Zebunniso» (1986) va «Malikai ayyor» (1987) opera- lari, «Sharq freskalari» (1988) baleti muallifi. «Laqma», «To’lanoy», «Yul- duzlar jamoli», «shayton muridlari», «Kampir ketarmish» kabi asarlari b-n o’zbek musiqali komediyasi va dramasi rivojiga katta hissa qo’shgan. Hamza no- midagi O’zbekiston davlat mukofoti Lau- reati (1979).