Saylov tizimi

Saylov tizimi — saylov o’tkazish tartiblarining hamda ular- ni o’rnatuvchi xuquqiy normalarning majmui. St. davlat vakillik organla- rini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar b-n uzaro munosabatlarini belgilaydigan tar- tibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini o’z ichiga oladi (q. Saylov huquqi). Jahon mamlakatlarining dav- lat qurilishi tajribasida S.t.ning ma- joritar, proportsional va aralash tur- lari qo’llaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (Frans. majorite — kup- chilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Unda qonun b-n belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar ro’yxati) muayyan okrug bo’yicha saylangan hisoblanadi. Hoz. za- mon konstitusiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizim- lari qo’llaniladi. Mac, AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika va b.da. Mutlaq ko’pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy soni- dan mutlaq (yoki oddiy) kup ovoz (ya’ni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan biron- tasi ham etarlicha ovoz olmasa, kayta ovoz berish utkaziladi, bunda nomzod- lar ruyxatida nisbatan kup ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Ba’zan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish ut- kaziladi, buning natijalari boshkacha tizim buyicha aniklanadi (mas, Fran- tsiyada Milliy Majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan kupchilikning ovoziga asoslangan majoritar tizim qullaniladi). Nisbatan kupchilik ovozi- ga asoslangan majoritar tizim eng soda tizim bo’lib, bunda nomzodlar orasidan uz raqiblarining har biriga nisbatan kup ovoz olgani saylangan xisoblanadi. Bu tizimda kupincha saylovchilarning qullabquvvatlashiga ega bo’lmagan par- tiya parlamentda ko’p uringa ega bulishi mumkin. AQSh, Buyuk Britaniya va b. bir kancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qo’llaniladi. Shu- ningdek, majoritar tizimning kamdan- kam hollarda qo’llaniladigan yana bir turimalakali kupchilik ovoziga (umumiy ovozlarning 2/3, 3/4 kismiga) asoslangan majoritar tizim ham mavjud (mas, Chili- da parlamentning quyi palatasi — De- putatlar palatasiga saylovlarda shunday tizim qo’llaniladi). Biroq, bunda faqat juda oz nomzodlar saylovchilarning 65% ovozini olishi mumkin bulganligi uchun, mandatlar, odatda, vakillikning Pro- portsional tizimi buyicha taqsimlanadi. Har bir saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir man- datli yoki kup mandatli majoritar say- lov tizimlari bulishi mumkin. Bir man-datli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat saylanadi. Ko’p mandatam majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi. Proportsional St. ovoz berish nati- jalarini aniklashning birmuncha mu- rakkab tartibi bo’lib, bunda mandatlar o’z nomzodlarini vakillik organlariga qo’ygan siyosiy partiyalar va b. ommaviy harakatlar o’rtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravish- da taqsimlanadi. Proportsional S.t.da kattakatta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o’z vakillarining ro’yxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan ko’rsatilgan va- killarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniklash uchun saylov mezoni (yoki kvota), ya’ni bir de- putatlik mandatini olish uchun zarur bo’lgan ovozlar mikdori (odatda, kamida 4-5% qilib) o’rnatiladi. Bunda, shartga ko’ra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovoz- larni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo say- lovchilar bergan ovozlar mikdori depu- tatlik o’rinlarining soniga bo’linadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovoz- lar soni ma’lum bo’ladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohidaalohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputat- ning bir mandati uchun zarur bo’lgan ovoz- lar mikdoriga bo’linadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga be- rilgan deputatlik o’rinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovo- zi belgilangan me’yor doirasida va mu- tanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu o’rinlar partiya rahbar organlari tomonidan par- tiyaviy ro’yxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proportsi- onal st. Isroil, Vengriya, Avstriya, Da- niya, Ispaniya, Polsha va b. mamlakatlar- da mavjud. Aral a sh st. o’zida ham majoritar, ham proportsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Mas, Germaniyada Bundestagga saylovlarda aralash tizim qo’llaniladi. Uning de- putatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko’pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim bo’yicha, 2-yarmi esa, ko’p mandatli saylov okruglari hisoblangan german erlari (federasiya sub’ektlari)da siyosiy par- tiyalar tomonidan ilgari surilgan nom- zodlar ro’yxati asosida proportsional tizim bo’yicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va b. mamlakatlar- da ham qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasining St. mamlakat Konstitusiyasi va saylov to’g’risidagi tegishli qonunlar b-n tar- tibga solinadi. Ularga binoan, Uzbeki- stonda majoritar st. qo’llaniladi. Mac, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi buyicha ovoz be- rishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning ro’yxatiga kiri- tilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan bo’lsa, saylov o’tmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovoz- ga qo’yilgan bo’lsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa, ya’ni deputat bulib saylanmay qrlsa, okrug saylov komissiyasi eng ko’p ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovoz- ga qo’yish to’g’risida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiya- sining qarori asosida 2 hafta ichida ta- kroriy ovoz berish o’tkaziladi. Haydarali Muhamedov.