Sayxunobod tumani

Sayxunobod tumani — sir- Daryo viloyatidagi tuman. 1952 y. Verx- nevolinskoe tumani nomi b-n tashkil qilingan. 1959 y. Sirdaryo va Guliston tumanlari tarkibiga qo’shilgan. 1970 y. 7 dek.da Voroshilov tumani nomi b-n qayta tashkil etildi. 1984 y.dan st. nomi b-n yuritiladi. Shim.da Toshkent viloyatining quyi Chirchiq, Oqqo’rg’on, Sharqda Bo’ka tumanlari, shim.G’arb va g’arbda viloyatning Sirdaryo, Jan.da Gu- Liston tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Axoliey 61,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sayxun), 7 qishloq fuqarolari yig’ini (Guliston, Istiqlol, Ittifoq, Nurota, Sho’ro’zak, Yangihayot, O’zbekiston) bor. Tuman marka- zi — Sayxun shaharchasi. Tabiati. St. Mirzacho’lning sharqida joylashgan. Relefi pasttekislik. Grunt suvlari sho’r. Tuman hududidan «O’ng tarmoq» kanali oqib o’tadi (tuman hududidagi uz. 31 km). Undan sug’orish uchun ekin maydonlariga kichik tarmo- klar chiqarilgan (Sho’ro’zak kanali — 15 km va b.). Sho’r sizot suvlar arik, va zo- vurlar orqali Bosh qayir, Sho’ro’zak va b. kollektorlarga oqadi. Tuman sharkda Sirdaryoga tutashgan. Past joylarda ba’- zan kichik ko’llar (Sho’rko’l, Qolgansir, Ko’rko’l) uchraydi. Iqlimi kontinental. O’rtacha tra iyulda 28°, yanv.da -2°dan -4° gacha. Yillik yog’in 200-250 mm. Ve- getasiya davri 195-200 kun. Dastlabki kuzgi sovuq okt. o’rtalaridan tusha bosh- laydi, apr.ning birinchi yarmigacha sovuq bo’lishi mumkin. Tuproqlari lyoss katlam ustida paydo bo’lgan och tusli bo’z tuproq va o’tloqi allyuvial tuproqlardan ibo- rat. Yovvoyi o’simliklar (qamish, yantoq, ajriq va b.) yo’l, ariq, zovur va ko’l chet- larida uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi o’rdak, qashqaldoq, ilon, kaltakesak, suv havzalarida baliklar bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakilari ham yashaydi. Ax- shshning o’rtacha zichligi 1 km2ga 121,6 kishi (2003). Qishloq aholisi 56461, shahar aholisi 5439 kishi. Xo’jaligi. Dehqonchilik, asosan, pax- tachilik — tuman xo’jaligining negizi- ni tashkil qiladi. Shirkat xo’jaliklari paxtachilikdan tashqari g’allachilik, po- lizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik b-n shug’ullanadi. Tumanda 5 qo’shma, 15 kichik, 56 xususiy korxonalar, 24 aktsi- yadorlik jamiyatlari mavjud. Sanoat, transport, qurilish, aloqa korxonala- ri bor. Shulardan paxta tozalash z-Di, «Oqoltindon» korxonasi, MTP, avtokor- xona, tuman matlubot jamiyati va ishchi- lar kooperasiyasi ishlab turibdi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish sho- xobchalari mavjud. Tumandagi ekin maydonlariga pax- ta, don, sabzavot, poliz, em-xashak ekin- lari, kartoshka, beda ekiladi. S.t.da 11 shirkat, 795 fermer xo’jaliklari fao- liyat ko’rsatadi. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida krramol, qo’y va echki, ot, parranda boqiladi. Tuman hududidan Katta O’zbekiston trakti o’tadi. Umumiy ta’lim maktablari, gimnaziya, lisey, kasb-hunar kolleji mavjud. Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madani- yat uylari, bolalar musiqa maktabi bor. Kasalxona, tug’ruqxona, bolalar va katta- lar poliklinikalari va b. tibbiy muas- sasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. «Yangi hayot» tuman gaz. chiqadi.