Sazag’on makoni
Sazag’on makoni — Samarqand sh. yaqinidagi Sazag’on qishlog’idan to- pilgan neolit davri yodgorligi. 1964 y.da M. Jo’raqulov boshliq arxeologo- limlar tomonidan topilgan. Hoz. Kunga qadar davom etayotgan tadkiqotlar na- tijasida makondan tog’li jamoalarga xos bo’lgan ko’plab tosh qurollar topib o’rganilgan, ular fanda «Sazagon mada- niyati» deb nom olgan. Ushbu madaniyatni o’rganish natijasida Zarafshon vohasi tog’oldi mintaqalarida yashagan neolit jamoalarining turmush tarzi, ma’naviy dunyosi, xo’jaligi, madaniy aloqalari masalalari bo’yicha ko’plab ma’lumotlar to’plangan. Xususan, S.m.dan topilgan yorg’uchoq, qadamatosh (o’roq) tig’lari zi- roatchilikdan, qo’y, echki suyaklari esa, chorvachilikdan dalolat beradi. Ammo, topilmalarning umumiy taxlili — bu jamoalarning asosiy xo’jaligi ovchilik va terimchilik bo’lganligini ko’rsatadi. S.m. jamoalari qo’niqo’shni qabilalar b-n keng ko’lamda madaniy aloqalar o’rnatganligi aniqlangan. Mas, tosh sa- noati tarkibidagi mexnat qurollarini yasashda qo’llanilgan texnologiya usul- lari, sopol parchalari — quyi Zaraf- shon voxdsidagi Darvozaqir, Markaziy Farg’ona vohasidagi neolit jamoalari hamda Tojikistondagi Tutqovul-Hisor jamoalari madaniyatini eslatadi.