Sema
Sema (Yun. sema — belgi) — maz- Mun, ma’no jihatining eng kichik bir- ligi, semema (leksik ma’no)ning tarki- biy qismi. Mas, «atrof» leksemasining ma’nosi (sememasi) «hamma» va «tomon» S.laridan iborat. Yoki «daraxt» leksema- sining sememasi «predmet», «o’simlik», «erda o’suvchi», «tanali», «ildizli», «shoxli», «bargli» va boshqa S.lardan tashkil topadi. Ma’lum leksikseman- tik guruhga oid sememalardagi S.lar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga ko’ra, 2 asosiy turga bo’linadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differentsial) S. Umumiy S. — bir semantik maydondagi semema- larning tutashtiruvchi S.si. Mas, aka, opa, singil kabilardagi «qarindoshlik» S.si. Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabi- lardagi «harakat» S.si. Farqlovchi S. — ko’p ma’noli so’z sememalaridan har birining o’ziga xos bo’lgan, ular semema- sini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka so’zlari kattakichiklik S.si b-n, opa, aka so’zlari esa jins S.si b-n farqlanadi.