Semafor

Semafor (Frans. semaphore, Yun. sema — belgi va phoros — eltuv- chi) — 1) t.y.dagi muqim (stasionar) signal qurilmasi. Machta, qanotlar (1-3 ta) va kanotlarning vaziyati- ni o’zgartirib turadigan yuritmadan iborat. Qanotlarning har bir vaziyati Lokomativ (teplovoz yoki elektrovoz) mashinistini harakatlanishga ruxsat berish, harakatlantirishni ta’qiqlash yoki tezlikni o’zgartirish to’g’risida ogoxlantiradi. Mac, 2 qanotli S.ning yuqori qanoti gorizontal vaziyatda tursa va taqikdovchi qizil chiroq yonsa, poezd to’xtashi kerak. Agar pastki qanot Mach- ta o’qi bo’ylab tik tursa va sariq chiroq yonsa, tezlikni kamaytirish kerak bo’ladi. Agar yuqori qanot machta o’qiga 135° bur- chak ostida tursa va yashil chiroq yonsa, po- ezd belgilangan tezlikda harakatni da- vom ettirishi mumkin. Kechasi yoki yaxshi ko’rinmaydigan sharoitda (tuman tushgan- da, qor yoki yomg’ir yog’ayotganda) qo’shimcha ravishda signal chiroklari ham yonadi; 2) xarflar, raqamlar va xizmatga doir signallar maxsus alifbo (rus, lotin va b.) yordamida qo’ldagi rangdor bayroqlar orqali uzatiladigan vizual (ko’rinma) aloqa vositasi. Bu usulda 2,5 km gacha uzoqqa signallarni minutiga 60-70 belgi tezlikda uzatish mumkin. Bunday S. flotda (asosan, harbiy flotda) va quruqlikdagi qo’shinlarda qo’llanadi; 3) dengiz (Daryo) Si — taxtacha (Rey)li sig- nal machtasi. Dengiz yoki daryoning kema- lar faqat bir yo’nalishda suzishi lozim bo’lgan joyiga o’rnatiladi.