Seminar

Seminar (lot. seminarium — ko’chatxona; maktab) -1) oliy yoki o’rta maxsus maktab talaba (o’quvchi) larining muayyan nazariy kursni qanchalik o’zlashtirganliklarini anik- Dash usuli, mutaxassislar tayyorlash- ga yo’naltirilgan o’quv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba to- monidan bajarilgan Referat, Ma’ru- za, i.t.ning muhokamasidan iborat. S, albatta, mavzuni ilmiy tadqiq etgan prof.o’qituvchi yoki tegishli mutaxas- sislar rahbarligida amalga oshirila- Di. O’quv predmeti xarakteri, mashg’ulot maqsadi, o’quv yurti yo’nalishiga ko’ra ayrim o’ziga xosliklar b-n universitet, in-t hamda xalq xo’jaligi sohalarida keng tarqalgan. Ba’zan ma’ruzaga bog’liq bo’lmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil ta’lim shakli sifatida ham o’tkaziladi. Ta’limning S. shakli darslar, aso- san, bahsmunozara tarzida uyushtirila- digan Yunoniston va qad. Rim maktabla- rida vujudga kelgan. 17-a.dan boshlab G’arbiy Evropa un-tlarida gumanitar yo’nalishda o’qiydigan talabalarning asl manbalar b-n ishlash usuli ta’limning asosiy shakli sifatida qo’llanilganligi S.ning taraqqiyoti va hoz. shaklga keli- shida muxim o’rin tutadi. Zamonaviy S.lar muayyan predmet- ni chuqur o’rganishga yo’naltirilgan. S. mashg’ulotlari davomida talaba (o’quvchi) lar ilmiy ish yuritish tajribasi, o’z xulo- salarini og’zaki va yozma ravishda ifoda- lay olish hamda nuqtai nazarlarini asos- li himoyalash malakasiga ega bo’ladilar. Bu xil mashg’ulotlarning 3 turi mav- jud: muayyan kursni chuqurlashtirib o’rgatishga yo’naltirilgan S.; kurs do- irasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni o’rganishga qaratilgan S; ilmiy izlanishga yo’naltirilgan, ma’- ruza mavzusiga aloqador bo’lmagan Semi- nar. S. mashg’uloti o’tkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bog’liq adabiyotlar, manbalar, arxiv materi- allari va qo’lyozmalardan foydalanish- da birdek imkoniyat yaratilishidir. S. mavzulari tegishli prof.o’qituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra maj- lisida tasdiqlanadi. S. mavzusini qiziqishlariga ko’ra, talaba (o’quvchi) larning o’zlari tanlashlari mumkin. S. rahbari o’tkaziladigan S.ning maqsadi, mavzumundarijasi, uning metodologik yo’nalishini ma’ruza, ma’ruzasuhbatlar vositasida tushuntirib beradi. Undan keyin har bir mavzu bo’yicha aniq ta- lablar belgilab beriladi, adabiyotlar ro’yxati ilova qilinadi. S rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok eta- Di. S. mashg’ulotlarining mahsuli, odat- da, Referat bo’ladi. Referatlar mashg’ulot davomida tinglanadi va muhokama etila- Di. Referatlar mavzuga mos kelishi, me- todologik asosi to’g’ri bo’lishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulo- Salar asosli hamda amaliyotga aloqador bo’lishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan da- rajada tashkil etish S. rahbarining aso- siy vazifasidir. S. mavzulari keyincha- lik talaba (o’quvchi)larning kurs, diplom ishlari mavzusiga aylanadi. Ular hatto dissertasiya mavzusi darajasigacha ham chiqishi mumkin; 2) muayyan agrotexnik tadbir bo’yicha o’tkaziladigan maslahat yig’ilishi. O’zbekistonda q.x.dagi biror agrotexnik tadbir bo’yicha paydo bo’lgan yangiliklarni tegishli mutaxassislarga tanishtirish maqsadida o’tkaziladigan S.lar keng yoyilgan. Mas, chigit yoki bug- doy ekish, paxta yoki don hosilini yig’ib olish bo’yicha o’tkaziladigan S.lar; 3) O’zbekistonda nomzodlik yoki drlik il- miy darajasiga da’vogarning tayyorgar- ligini sinab ko’rish uchun i.t. muassasasi va oliy o’quv yurtlaridagi olimlarni o’z ichiga oluvchi ilmiy tuzilma. Nazariy S deb ataladigan bu tuzilma majlisida da’vogar o’z dissertasiyasidagi asosiy g’oyani bayon etib beradi. S a’zolari esa turli savollar b-n uning tayyorgarlik darajasini sinovdan o’tkazadilar. Qozoqboy Yo’ldoshev, Ro’zmon Keldiyo- rov