Severodvinsk
Severodvinsk (1938-1957 yillarda — Molotovsk) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyatidagi shahar (1938 yildan). Oq dengiz sohilida, Severnaya Dvina daryosining dengizga quyilish joyida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 233,8 ming kishi (1998). Mudofaa, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari mavjud. Yo’l mashinalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, tikuvchilik va parrandachilik fabrikalari, o’rta maxsus bilim yurti, drama teatri bor.