Seysmogramma

Seysmogramma (seysmo… va …gramma) — zilzila yoki portlash nati- jasida vujudga keladigan er tebranish- lari yoki silkinishlarini maxsus asbob (seysmograf)larda qayd etilgan yozuvi. Er qimirlaganda (yoki portlash payti- da) grunt zarralari siljiydi, bu sil- jishning tezligi va tezlanishi bo’ladi. Siljishlar grafigi S, tezliklar yozuvi velosigramma, tezlanish yozuvlari esa akselerogramma deb ataladi. Zilzila- ni qayd etish muammolari b-n olimlar (mas, Xitoy olimi Chjin Xen, 78-139 yillar) milodning boshidan boshlab shug’ullangan, ammo tebranishlarni yozib olishning mukammal galvanometric usuli 20-a.da yaratildi. Sdan foydala- nib zilzilaning kuchi (ball) va Energi- yasi (magnituda)ni aniklash mumkin. S. asosida seysmik to’lqinlar tarqalgan muhitning tuzilishi haqida ma’lumot- lar olinadi. Zilzila (yoki portlash) manbaidan 3 xil: bo’ylama, ko’ndalang va sirt- ki to’lqinlar tarqaladi. Seysmik to’lkinlar birbiridan xususiyatlari va tarqalish tezligi b-n farq kiladi. Bo’ylama to’lqinlarning tarqalish tez- ligi katta (~ 8 km/s) bo’lganligi sabab- li, er to’lqinlar Darakchi rolini o’ynab, keyingi to’lqinlarning kelishidan ogohlantiradi (raemda S.ning boshlang’ich qismi). Ko’ndalang to’lqinlarning tarqalish tezligi (~ 5 km/s) kichikroq bo’lganligi sababli, seysmostyaga kechroq etib keladi. Bu to’lqinlarning tebra- nish amplitudalari va tezlanishi katta bo’ladi, shu sababli bino va inshoot- lar uchun ko’ndalang to’lqinlar xavfli hisoblanadi (S.ning o’rta qismi). Sirt- ki to’lqinlarning tezligi avvalgila- rinikidan kichikroqbo’ladi (S.ning oxirlari). S. yordamida turli seysmik to’lqinlarning kuzatilayotgan punktga kelgan vaqti, zilzila paydo bo’lgan vaqt, zilzila o’chog’i va kuchi aniklanadi. S. zilzila (yoki portlash) natijasida to’lqinlar tarqalgan muhitning tuzili- shini aks ettiradi.