SHAHNOZ

SHAHNOZ — 1) o’n ikki maqom tizimida olti ovozaning biri; 2) Gulyor- Shahnoz turkumining ikkinchi ashulasi. Uning asosida «Farg’onacha Shahnoz» ashulasi ham yaratilgan, M. Mahmudov uni yakkaxon xonanda, xor va orkestr uchun «Vatan Shahnozi» nomi bilan qayta ishlagan.