Shan tog’ligi
Shan tog’ligi — Myanmaning Sharqiy qismidagi tog’lik, shuningdek, Xitoy, Laos va Tailand hududida ham davom etadi. Maydoni 150 ming km2. Gneys, kristalli slanes va ohaktoshlardan tuzilgan. Karst rivojlangan. G’arbiy qismi o’rtacha balandligi 900 metr bo’lgan o’rqirli tekislik, alohida yassi yuzali tepaliklar ham uchraydi. Sharqiy qismi, asosan, Saluin va Mekong daryolarining chukur daralari bilan o’yilgan tog’ tizmalaridan iborat, o’rtacha balandligi 2500— 2600 metr. Polimetall rudalar, qimmatbaho toshlar konlari topilgan. Iqlimi subekvatorial, mussonli, yanvarning o’rtacha temperaturasi 18-24°, iyulniki 30° gacha. Yillik yog’in 1300-1700 mm, asosan, yoz oylarida yog’adi. Gidroenergiya resurslariga boy. Ko’l ko’p. Doim yashil va barg to’kuvchi o’rmonlar balandlik ortgan sari igna bargli o’rmonlar bilan almashinadi. Qurg’oqchil hududlarda savanna o’simliklari o’sadi.