Sharafa

Sharafa — muqarnas turi; muqarnas mujassamoti (ravoqli kosachalar qatorlari)ning gorizontal yo’nalishda chapu rost takrorlanishidan hosil bo’ladi. Sharafa kosachalar qatori o’zgarmasligi bilan boshqa muqarnas turlaridan farq qiladi. Me’morlikda binolarning devor bilan shifti oralig’i, taxmon, mehrob, minoralarning tepa qismini bezashda qo’llanadi. Sharafa ganch, marmar (qozirda gips, beton va boshqalar)dan ishlanadi. Sharafa mujassamoti akti yordamida to’g’ridan-to’g’ri devorga tushirib o’yiladi, quyma usulida tayyorlangan Sharafa bo’laklari esa bezatiladigan sathga yopishtirib hosil qilinadi. Sharafa Sharq (O’rta Osiyo, ayniqsa, Temuriylar davri) me’morligida yuksak taraqqiy etgan. 20- asr o’rtalaridan O’zbekiston me’morligida Sharafa qaytadan keng qo’llana boshlandi (Usta Shirin Murodov, Sh.G’afurov, Q.Jalilov va boshqalar).